Nobel jamg‘armasi Rossiya elchisini marosimga taklif qilgani uchun tanqidga uchradi
Bu yil fond Rossiya va Belarus elchilarini Nobel mukofotini topshirish marosimiga taklif qilishga qaror qildi, bu esa turli mamlakatlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson Nobel jamg‘armasining joriy yilgi Nobel mukofotini topshirish marosimiga Rossiya va Belarus elchilarini taklif qilish haqidagi qarorini tanqid qildi, deb xabar bermoqda AFP 1 sentabr, juma kuni. «Albatta, Nobel jamg‘armasi kimni taklif qilishni o‘zi hal qiladi. Boshqa ko‘pchilik qatori men ham Rossiya taklif qilinganidan juda hayron bo‘ldim», - dedi Kristersson. «Agar taqdirlash marosimiga taklifnomalar bo‘yicha mas’ul bo‘lganimda bunday qilmagan bo‘lardim va bu Shvetsiyada ham, Ukrainada ham ko‘pchilikni xafa qilganini tushunaman», — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Shvetsiyadagi bir necha partiya yetakchilari agar Rossiya elchisi kelsa, marosimni boykot qilishini bildirdi, deb yozadi Shvetsiyaning Svenska dagbladet nashri.
Ukraina TIV Rossiya va Belarus elchilari taklif etilganini qoraladi
Avvalroq Nobel jamg‘armasining qarori Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tomonidan keskin qoralangan edi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenko buni «o‘z qadriyatlarini hatto ularga qarshi bo‘lgan davlatlarga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri isbotlash istagi» bilan izohlash mumkinligini ta’kidladi. Ammo «Rossiya va Belarusda insonparvarlik qadriyatlarini isbotlash - bu qiyin vazifa», «harakatlar istalgan natijaga olib kelmaydi», dedi Nikolenko. «Rossiya elchisi Stokholm konsert zalida chiroyli kostyumda o‘tirgan kuni Rossiya armiyasi egallab olingan Ukraina hududlarida navbatdagi harbiy harakatlarni sodir etishi va Rossiya raketalari Ukraina shaharlaridagi aholi turar joylarini vayron qilishi ehtimoli katta», deb yozdi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi spikeri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida.
Belarus muxolifati yetakchisi, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Belarus elchisining Nobel mukofotini topshirish marosimiga taklif qilinishini «Alfred Nobel qadriyatlariga putur yetkazish» deb atadi va Nobel jamg‘armasini «noqonuniy rejim vakillarini» taklif etmaslikka chaqirdi.
Jamg‘arma elchilarning taklif qilinishini dunyoda muloqot yo‘qligi bilan izohladi
Bir kun avval Nobel jamg‘armasi bu yil Shvetsiya va Norvegiyada diplomatik vakolatxonalari bo‘lgan barcha davlatlar elchilarini 2023 yilgi mukofotlarni topshirish marosimiga taklif etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Demak, marosimda Rossiya va Belarus vakillari ham ishtirok etishi mumkin. O‘tgan yili ular ham, Eron elchisi ham Nobel mukofotini topshirish marosimiga taklif qilinmagan edi.
«Dunyo borgan sari turli qarashlarga ega bo‘lganlar o‘rtasida muloqot minimal darajaga tushayotgan hududlarga bo‘linib borayotgani aniq. Bu tendensiyaga qarshi turish uchun biz hozir Nobel mukofotini nishonlash marosimiga takliflar sonini kengaytirmoqdamiz, shuningdek, erkin ilm-fan, erkin madaniyat va erkin, tinch jamiyatlarning ahamiyati ham ko‘rsatiladi», dedi fond ijrochi direktori Vidar Xelgesen.
Nobel mukofotlari jamg‘arma asoschisi Alfred Nobel vafot etgan sana munosabati bilan 10 dekabr kuni topshiriladi. Uning vasiyatiga ko‘ra, shu kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot va adabiyot bo‘yicha mukofotlar, Norvegiya poytaxti Osloda esa tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

23:19 / 10.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga TIVga nota yubordi

22:32 / 10.06.2025
Rossiyada maktabga qabul qilinmagan 300 ming migrant bolalari borligi ma’lum qilindi

21:30 / 10.06.2025
Germaniya fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni rekord darajaga yetdi

12:55 / 10.06.2025