Jahon | 10:26 / 23.09.2023
4206
1 daqiqa o‘qiladi

Fon der Lyayyen yil oxirigacha YeK rahbari lavozimiga qayta nomzod bo‘lishi haqida qaror qabul qiladi

Yevropa komissiyasi raisi The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida shu yil oxiriga yaqin qaror qabul qilishini aytdi. 

Foto: Yves Herman / Reuters

Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida joriy yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqi rahbari lavozimiga yana nomzod bo‘lish-bo‘lmasligi haqida qaror qabul qilishini aytdi

«Men yil oxirigacha qaror qabul qilaman», dedi fon der Lyayyen lavozimga qayta o‘z nomzodini qo‘yish niyati haqidagi savolga. 

Fon der Lyayyen NATOning navbatdagi bosh kotibi bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar fonida nashr muxbiri u qaysi ishni afzal ko‘rishini so‘radi: Yevropa komissiyasidami yoki NATOda. 

«Yuragimda doimo Yevropa, men Yevropada tug‘ilganman. Mendagi birinchi vatan hissi Yevropa bilan bog‘liq va o‘ylaymanki, bu mening xotiramda aniq muhrlangan, chunki mening ota-onam qat’iy yevropaliklar bo‘lgan», - dedi YeK raisi. 

Mavzuga oid