Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamid Olimjon maydonidagi uylar oynavand ko‘rinishga keltirilishi rad etildi
Ishlab chiqilgan loyihalardan biri (suratda) shu uylarda yashovchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Poytaxt hokimligi bu faqatgina pudratchining taklifi ekani, hokimlik uni ko‘rib chiqmaganini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, shaharda fasadi va konstruksiyalari eskirgan 70 ta ko‘p qavatli uy rekonstruksiya qilinadi.

Fuqarolarga ko‘rsatilgan eskiz
Toshkentning Hamid Olimjon maydonida joylashgan, yagona ansamblni hosil qiluvchi 8 ta ko‘p qavatli uylar fasadini yangilash bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihaviy eskiz bu yerda yashovchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
18 qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari ta’mirdan keyin uylar fasadining dekorativ aspekti yo‘qolishi, uylarda havo almashinuvi yomonlashishidan xavotirda. Ularning qo‘lidagi eskizda to‘rtala binoning ofislarga xos tarzda oynavand va kompozit panellardan iborat fasadga ega ko‘rinishi aks etgan.
Fuqarolarning Gazeta.uz'ga ma’lum qilishicha, domkomlardan aholini rekonstruksiya rejasi bilan tanishtirish so‘ralgan. Rekonstruksiya uchun materiallarning bir qismi olib kelib qo‘yilgan, lekin ishlar hali boshlanmagani aytilyapti.

Aholi vakillariga ko‘ra, bu sakkizta 18 qavatli uylardan tashqari, ularga yaqin joyda – Mustaqillik shoxko‘chasida joylashgan uchta 9 qavatli uylarning ham fasadi yangilanishi ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahar hokimining matbuot kotibi Gulnoza Qosimovaning Kun.uz so‘roviga javoban aytishicha, shaharda fasadi eskirgan, konstruksiyalari muddatini o‘tab bo‘lgan 70 ta ko‘p qavatli uy rekonstruksiya qilinadi. “Lekin tarmoqlarda tarqalgan bu suratlar ko‘rinishida emas”, – dedi u.
“Hamid Olimjon maydonidagi uylarning tashqi tomonida metall konstruksiyalar bor. Binolar baland, shamolda shu konstruksiyalar uchib ketib kimnidir mayib qilib qo‘yishi yoki mol-mulkka zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun ularni ham yangilamoqchimiz, rejalashtirilgan. Hali bu borada ishlar boshlanmagan.
Aholi bilan shu o‘zgarishlar borasida gaplashishni reja qilgan vaqtimiz 2-3 nafar pudratchilar o‘z taklifini bergandi, mana shu vaqtda shu rasmlar tarqab ketgan. Tartibi bo‘yicha, ularning loyihasi aholi bilan kelishiladi, shundan so‘ng shahar hokimiyatiga beriladi.
Tarmoqlarda tarqalgan rasmlarni biz hali tasdiqlamaganmiz, bu eskizlar bizga kelgani ham yo‘q hali. Ko‘p qavatli uylar fasadi yangilanishi aniq, bu rejamizda bor. Lekin bu ko‘rinishda emas. Pudratchilarga bino uchun aholiga yoqadigan eskizni tayyorlash vazifasi berilgan. Bu jarayonda binoning tarixiy qiyofasini maksimal darajada saqlab qolishga harakat qilinadi, bizga shu talab qo‘yilgan”, – dedi hokimlik rasmiysi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu binolarni yangilamaslikning “iloji yo‘q”, chunki fasad qismidagi “konstruksiyalar juda eskirib ketgan”. Hozir tuman hokimiyatlari aynan nimalar eskirganini o‘rganib chiqishyapti.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ham bu uylarning fasadini ta’mirlash ishlari fuqarolarning taklifi va roziligi asosida tashkil etilishini bildirdi. Ta’kidlanishicha, buning uchun pudratchi tashkilotlar kamida uchta, har xil ko‘rinishdagi taqdimotlar o‘tkazishi kerak.

Bloger Nikita Makarenkoning yozishicha, Hamid Olimjon maydonidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilar “fakt qarshisida qoldirilgan”: ularning fikri so‘ralmayapti.
“Ular bizga rekonstruksiya loyihasini ko‘rsatishmadi va buni muhokama ham qilishmadi. Faqatgina konditsioneri bor xonadonlarning raqamlarini yig‘ib chiqa boshlashdi, rekonstruksiya vaqtida bu konditsionerlar yechib qo‘yilarkan. Ya’ni shunday bo‘lishi kutilayotganini ekanini aytib, bizni fakt qarshisida qoldirishdi, hech qanday muhokama yoki savollar bo‘lmadi”, – deya qayd etadi Iroda Azimova ismli fuqaro.
Blogerning qo‘shimcha qilishicha, bu uylarda yashovchilar 3 yildan beri eski liftlarni almashtirish uchun navbat kutib keladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

18:22 / 15.07.2025
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025