Jahon | 16:28 / 27.08.2016
6055
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Afrika mamlakatlariga katta miqdorda sarmoya kiritadi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2018-yilgacha Afrika mamlakatlariga 30 mlrd dollar sarmoya kiritishga va'da berdi. Shundan 10 mlrd dollari infratuzilmalarni rivojlantirishga sarf etiladi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

"Fikrimcha, xususiy sektordagi sarmoyalar bilan birga umumiy mablag‘ 30 mlrd dollarni tashkil etadi", — degan Abe, Keniya poytaxti Nayrobida bo‘lib o‘tgan Afrika taraqqiyoti bo‘yicha Xalqaro konferensiyada qilgan chiqishida. 

Abe anjuman chog‘ida Afrika mamlakatlari yetakchilari, jumladan Keniya prezidenti Uxuru Keniata va JAR prezidenti Jyeykob Zuma bilan ham uchrashadi. 

Afrika taraqqiyotiga bag‘ishlangan mazkur konferensiya oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad, Afrika mamlakatlari bilan savdoga turtki berish va ularga yordam ko‘rsatishdir. 
 

Mavzuga oid