Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori samarqandlik tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida Kristin Lagard O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan suhbatda bo‘ldi.
Kristin Lagard ularning tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.
Samarqandlik tadbirkor xotin-qizlar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma'lumot berib, Kristin Lagarddan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bundan tashqari, Xalqaro valuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktoriga O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash, ayollar bandligini ta'minlash hamda ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda, islohotlarni amalga oshirishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Mehmon ayollarning tadbirkorlik sohasida huquq va manfaatlarini ta'minlashda boshqa mamlakatlar va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

22:03 / 11.06.2025
Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida vafot etdi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

16:44 / 04.06.2025