Buxoro va Sardobadagi ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 32 xil loyiha ishlab chiqildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi Buxorodagi dovul va Sardoba suv omboridagi ofat oqibatlarini bartaraf etish va ularning oldini olishning ilmiy yechimi bo‘yicha maxsus tanlov e'lon qilgan edi. 15 oktabr kuni ushbu tanlovga kelib tushgan 32ta loyiha taqdimot-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik boshqarma boshlig‘i Shuhrat Otajonovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, olimlar jamoasidan iborat hay'at ma'qullagan loyihalarni moliyalashtirish va ishga tushirish choralari ko‘riladi.
«Ishlab chiqilgan loyihalardan ko‘zlangan asosiy maqsad – tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish va ilmiy yechimini ta'minlashga respublikadagi mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb qilishdan iborat.
Tanlovga ilmiy tashkilotlardan, oliy ta'lim muassasalaridan jami 56ta loyiha kelib tushdi. Dastlabki texnik ekspertiza natijalariga ko‘ra, 32ta loyiha keyingi bosqichga tavsiya etildi. Olimlar avval o‘zlari ishlab chiqqan ilmiy loyihalar taqdimotini qilishdi.
Bunda asosiy yo‘nalishlar – tabiiy ofatlar yuz bergan hududlardagi flora va faunani yaxshilashning ilmiy yechimini topish, o‘zgargan tuproq sharoitiga mos keladigan o‘simlik turlarini aniqlash, zararlangan tuproq unumdorligini tiklash, gidrotexnik inshootlar seysmik mustahkamligini ta'minlashni qamrab oladi.
Tabiiy ofatlar yuz bergan joyda tabiiy iqlim sharoitlari ham o‘zgarib ketadi. Masalan, suv toshqini bo‘ladigan bo‘lsa, tuproq tarkibi ham o‘zgaradi. Tanlov doirasida taqdim qilingan loyihalarda bu kabi holatlarga yechim mavjud.
Tanlovning ikkinchi bosqichi, bu – ilmiy ekspertiza. Unda loyiha rahbari loyihasini taqdimot qilib beradi. Taqdimotda 60 foizdan yuqori ball to‘plansa, loyiha moliyalashga tavsiya etiladi», – deydi Shuhrat Otajonov.
Tadbirda ta'kidlanishicha, tanlovga taqdim etilgan har bir loyihaga moliyaviy ekspertiza natijalariga muvofiq yiliga 500 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Tanlovning 6ta muhim yo‘nalishlari doirasida jami 16ta amaliy yoki innovatsion loyiha g‘olib deb topiladi va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda saroy binosi ostidan yashirin kutubxona topildi
Jahon | 22:12
-
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:10
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasini obodonlashtirishga 81,5 mlrd so‘m ajratiladi
O‘zbekiston | 22:02
-
5 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:58
Mavzuga oid

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025