O‘zbekiston va Turkiya milliy jamoalari ilk marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Foto: REUTERS
O‘zbekiston milliy jamoasi 2 iyunda Turkiya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, uchrashuv Antaliyada bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Qayd etish kerak, mazkur bellashuv O‘zbekiston va Turkiya milliy jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bo‘ladi. Ushbu jamoalar 2013 yilda ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kelishilgan, ammo o‘shanda Turkiya tomoni 14 avgust kuni Toshkentda o‘tishi belgilangan uchrashuvni bekor qilib, bunga haddan tashqari issiq ob-havo sharoiti va O‘FF (hozirda O‘FA) kerakli sharoitlarni yaratib bermaganini sabab sifatida keltirgandi.
Hozircha bu yil 2 iyunda Antaliyada bo‘ladigan o‘yin haqida TFF rasmiy saytida ma'lum qilinganicha yo‘q.
Ma'lumot uchun, Turkiya hozirda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. 1 iyundan e'tiboran Shenol Gyunesh jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaydi. Ushbu mahalliy mutaxassis 2000-2004 yillarda ham Turkiya termasiga ustozlik qilgan, uning qo‘l ostida jamoa JCh-2002da uchinchi o‘rinni olgan.
Gyunesh ixtiyorida Angliyaning «Everton», «Lester», Italiyaning «Milan», «Sassuolo», Fransiyaning «Lill», Germaniyaning «Shtutgart», Ispaniyaning «Selta» kabi klublarida to‘p suruvchi futbolchilar bor.
Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston bunga qadar UYeFAga a'zo 13ta mamlakat termasiga qarshi (ularning barchasi - Sharqiy Yevropa jamoalari) o‘yin o‘tkazgan.
Avvalroq Ektor Kuper jamoasi 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya milliy termalariga qarshi maydonga tushishi ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
Mavzuga oid

00:13 / 11.06.2025
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji

18:33 / 10.06.2025
Mundial umidi: ko‘plarni yig‘latgan orzu haqida

22:02 / 08.06.2025
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat

10:21 / 08.06.2025